Uy sharoitida daromad topish bo'yicha o'quv seminar tashkil etildi

16-02-2023 | 17:06

683

Beruniy tumanida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali o'qituvchilari hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi mas'ul xodimi ishtirokida Beruniy, Ellikqal'a, To'rtko'l tumanlari hokim yordamchilariga seminar tashkil qilindi.

Seminar kun tartibi ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning daromadini oshirish maqsadida uy sharoitida quyonchilik va tuyachilik hamda kaliforniya qizil chuvalchangini yetishtirish bo'yicha bo'lib o'tdi.

Seminar davomida hokim yordamchilari tomonidan, qiziqtirgan savollarga mutahassislar to'liq javob berdi. Uy sharoitida daromad topish istagidagi aholi uchun bu eng qulay imkoniyat eknaligi tushuntirildi.

 

Kun tartibidagi masala yuzasidan ma'ruzachilar:

  1. Toreshova Amina Ubbiniyazovna – Zooinjeneriya kafedrasi mudiri;
  2. Xojalepesov Polat Zinatdinovich – Iqtisodiyot va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri;
  3. Seypullaev Azamat Qutlimuratovich – Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi katta o'qituvchisi;
  4. Abdimuratov Batirbek Djumabaevich – Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va biznes ko'nikmalarini shakllantirish bo'limi boshlig'i.