“Ochiq mashg‘ulot” lar tarbiyalanuvchilarda qanday ko’nikmalar hosil qiladi?

13-02-2023 | 10:14

1823

Beruniy tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 3-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida  Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tuzilgan  “Ochiq mashg‘ulot” lar  rejasiga asosan tashkilot direktori Aziza Kazakova tomonidan “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida “Oy mavzusi” G‘orayib olam”, “Hafta mavzusi” Dunyo mamlakatlari mavzusi bo‘yicha ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq mashg‘ulotga Maktabgacha ta’lim bo‘limi Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish sho‘basi mudiri Sabit Tasimov, Davlat va Nodavlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil qilish sho‘basi mudiri T.Yusupova hamda exspert guruhi ishtirok qilib, mashg‘ulotni tahlil qildi va kerakli ko‘rsatma hamda tavsiyalarini berishdi.

Avvalo umumiy tipda ta’lim faoliyati olib borilib, keyinchalik bolalarni rivojlantiruvchi markazlarga bo‘lib yuborildi. Buyuk bobokalonimiz, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab, “Non isi” rivoyatini “Syujetli rolli o‘yinlar” markazida bolajonlar sahna ko‘rinish orqali nomoyish qilishdi.

“Ilm fan tabiat” markazida bug‘doydan tegirmon orqali un tayyorlashni bolajonlar ko‘rsatishib, non qanday tayyorlanishini tushinib olishdi. “Qurish yasash va matematika” markazida  bolajonlar “Eyfil” minorasini bo‘laklarga bo‘lingan shakllardan tuzishdi. “San‘at” markazida rus xalqi timsoli bo‘lgan matryushka rasmini chizib, mo‘yqalamlar yordamida bo‘yashdilar.

Barcha faol ishtirok qilgan tarbiyalanuvchilarga nishonlar berilib rag‘batlantirildi.

Bunday “Ochiq mashg‘ulot” larni o‘tkazish ta’limning sifatini oshirishga olib keladi. Zero bolajonlarimizga berilayotgan sifatli ta’lim kelajagimiz uchun poydevordir.