18-02-2022 | 21:58
1026
🔻Matematikani fanlar otasi deydi ko'pchilik matematik olimlar. Shunday ham bo'lsin, sababi hisob-kitob bilan bir qatorda matematikada, mantiqiy fikrlash o'ta muhim hisoblanadi. Ayniqsa 21-asr raqamli texnologiyalar asri bo'lgan davrda. Yosh avlodga ta'lim berish jarayonida ham darsdan tashqari aql charhiga asoslangan qiziqarli matematik amallarni bajarish ham bu fanga nisbatan qiziqishni oshiradi.
🔻Bugun Beruniy tumani XTB ga qarashli 72-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining matematika fani o'qituvchisi Z.Ubbiniyazova tomonidan, matematika fan oyligi munosabati bilan kvadrat tenglamalar mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Ochiq dars davomida turli ko'rgazmali qurollardan foydalanilgan bo'lsa, o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash uchun qo'shimcha misollar ham berildi. “Avval matematika keyin hammasi” nomli tadbir ham tashkil etildi.
🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari