#Sektorlar faoliyatidan Aholi murojaatlarini o'rganish

03-02-2022 | 21:05

697

Bugun Beruniy tumani 3-sektor Do'stlik OFY hududida tuman hokimi Atabek Saparbayev va sektor rahbarlarining aholi bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Qabul davomida fuqarolardan 8 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 3 ta murojaat joyida hal qilindi. Abay va Do'stlik OFY hududida aholi harakatlanishi uchun ko'prik qurish lozim bo'lib, bu masaladagi murojaat ijobiy hal qilindi qurilish ishlari ertangi kundan boshlanadigan bo'ldi. Shuningdek, aholini ko'mir bilan ta'minlash bo'yicha fuqarolardan kelib tushgan murojaat ham joyida yechim topdi.
 
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer ajratish  hamda oqava suvning yetib kelishi masalasiga esa tushuntirishlar berildi. Xalq murojaatlari bilan ishlash, muommolarni joyida hal qilish bu har rahbarning asosiy vazifasidir. Shundagina biz yangi O'zbekistonni qurish yo'lida, inson qadrini ulug'lash tamoyilining amaldagi natijasini isbotlagan bo'lamiz.                                                                                🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati