Sektor rahbari va yoshlar yetakchilari uchrashuvi. Beruniy tumani 2-sektorda

31-01-2022 | 19:14

722

Beruniy tumani 2-sektor hududida 10 ta OFY (MFY) bo'lib, unda 10 ming 500 dan ortiq yoshlar istiqomat qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yilgi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-92-sonli Qaroriga asosan har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, asosiy vazifalari belgilab berildi.

Bugun Beruniy tumani 2-sektor rahbari, tuman prokurori R.T.Xalmuratov hududdagi 72-sonli umum ta'lim maktabida 10 nafar mahallaga tayinlangan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda sektor rahbari qaror talablari va unda quyilgan vazifalar haqida kengroq tushuntirish berdi hamda hozirda yoshlar yetakchilari tomonidan o'tkazilayotgan xatlov ishlarini sifatli yakunlash, yoshlar balansi, uyushmagan yoshlar bilan ishlashishda yangicha g'oyalar, sektor hududidagi 14 ta umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi sport zallar, kutubxonalardan samarali foydalanish va boshqada shunga oid masalalar yuzasidan fikr almashib, ularning takliflarini eshitdi va bu borada haftalik, oylik, choraklik rejalar haqida kelishib olindi.