Qut-baraka tozalikda

03-02-2022 | 21:34

744

Bu mavzuni bekorga boshlamadik. Atrof-muhitning tozaligiga har birimiz o'z hissamizni qo'shishimiz zarur. Global isish, tabiiy ofatlarning yuz berishi, qum va tuz bo'ronlarining ko'tarilishi, atmosfera havosining ifloslanishida inson omilining o'rni kattadir. Shunday ekan, o'zimiz nafas olayotgan havoni ifloslantirmaslik va atrof muhitga to'g'ri munosabatda bo'lish uchun ayniqsa nuroniylar yoshlarga o'rnak bo'lish lozimdir. E'tibor beradigan bo'lsangiz yo'llarda qog'ozlar, sigareta qoldiqlari, turli ichimlik idishlarining sochilib yotishi dilni hira qiladi.

 

Beruniy tumani ekologiya inspeksiyasi inspektorlari A.Sabirov va T.Saparbayev Toza hudud DUK hodimlari bilan birgalikda, Markaziy MFY hududidagi belgilanmagan joyga to'planib qolgan noqonuniy chiqindilarni joyida tozalatib, bartaraf etdi. Har bir hududda ayniqsa, ko'p qavatli uy-joylar atrofida chiqindi tashlash uchun mahsus joylar qurilgan. Ammo guruch kurmaksiz bo'lmaganidek, befarq fuqarolarimiz chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketish orqali o'ziga va o'zgalarga ziyon qiladi. Tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lish, keyingi avlodga sof holda yetkazish uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik.