Qizamiq yuqumli kasalligidan saqlaning!

13-12-2023 | 10:24

235

Jaxon  Sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  (JSST)   ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda dunyoning bir qancha davlatlarida, xususan Rossiya, Fransiya, Gruziya, Ukraina, Italiya, Serbiya, Gresiya hamda qo‘shni bo‘lgan Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda epidemiologik vaziyat murakkablashganligi xabar qilingan.

O‘zbekiston Respublikamizda qizamiq kasalligiga shubha qilingan 319 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyasida tekshirilib, ulardan 177 tasida qizamiq kasalligi tasdiqlanib, shundan 2 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolar. Xo’sh qizamiq kasalligi qanday kasallik va undan qanday himoyalansa bo‘ladi.

 JSST ekspertlarining fikricha, bu holatlarning asosiy sababi emlashdan bosh tortganlar soninig ortishidir. Chunki vaksinalar kasalliklardan himoya qiladi.

2023 yil 11 dekabrdan boshlab tumanimizdagi barcha davolash profilaktik muassasalarida (poliklinikalarda) 6 oylik bolalardan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qizamiq kasalligiga qarshi profilaktik  emlash kunlari boshlanadi. Farzandlaringizning sog‘ligiga befarq bo‘lmang! Albatta emlating, chunki kasallikni davolashdan ko‘ra oldini olish avzal.

Qizamiq (lot. Morbili)—o‘tkir infeksion virusli infeksiya bo‘lib, o‘ta yuqumli hisoblanadi. Kasallik belgilari yuqori isitma, toshma, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, organizmning jiddiy intoksikatsiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Qizamiq bilan har qanday bola, hatto kattalar ham xastalanishi mumkin. Bunda kasallik og‘ir kechishi, asoratlar chaqirishi va ba’zan o‘limga olib kelishi ehtimoli mavjud.

Ushbu kasallik har yili butun dunyo bo‘ylab 150 ming kishi, asosan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning umriga zomin bo‘ladi. Shu bois, har bir kishi, ayniqsa, yosh bolalarning ota-onasi qizamiq qanday kasallik ekanligini yaxshi bilishlari kerak.

 

                                         Kasallik sabablari

Kasallikning infeksiya manbai bemor kishi xisoblanadi. Virus havo-tomchi yo‘l bilan o‘tadi va juda yuqumli hisoblanadi.

                                                   Yuqish yo‘llari

Qizamiq bilan mavsumiy ravishda okytabrdan aprel oyigacha kasallanish odamlar bu mavsumda ko‘proq yopiq xonalarda to‘planib o‘tirishlari bilan bog‘liq. Infeksiya qo‘zg‘atuvchisi bemordan sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘l orqali (aksirganda, yutalganda) uzatiladi. Kasallikning toshma toshishidan 3-4 kun oldin (inkubatsion) kasallikning yashirin davrda virus faol ravishda tarqala boshlaydi. Umumiy ravishda kasallangan bemor atrofdagilar uchun 7-10 kun davomida xavfli sanaladi. Vaksina olmagan kishilar bemor bilan yaqin aloqada bo‘lishda infeksiyalanish ehtimoli deyarli 100% ni tashkil etadi.

Respublikamizda so‘nggi o‘n yillikda rejalashtirilgan vaksinatsiya joriy etilishi natijasida bolalarda kasallanish ko‘rsatkichi sezilarli darajada kamaydi, ammo aholining katta yoshli qismi orasida paramiksovirusga qarshi immunitetga ega bo‘lmaganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu kattalar orasida kasallanishlar ko‘pligi, shuningdek qizamiq xamilodor ayollarning bachadon ichida onadan bolaga o‘tishi holatlarini keltirib chiqarmoqda.

                                             Oldini olish

Qizamiq kasaligining (Infeksiyaning) oldini olish uchun 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan kichik bolalarni  emlash amalga oshiriladi. Emlashdan keyin immunitet uzoq vaqt saqlanib turadi, lekin yosh o‘tishi bilan kasallikga qarshi immunitet pasayib borishi mumkin. Shuning uchun kattalarga postvaksinal immunitet pasayganda qayta emlash (revaktsinatsiya) o‘tkaziladi .

           Qizamiq bilan kasallangan bemorlar o‘z vaqtida kerakli davo choralarini olmasa xavfli asoratlari keltirib chiqarishi mumkin, Qizamiq pankreatit, meningit, ensefalit, obstruktiv bronxit, laringostenoz va boshqa shu kabi asoratlari tufayli xavflidir. Keng tarqalgan fikrga qaramasdan, kasallik faqatgina terida toshma toshishi va isitma bilan chegaralanib qolmaydi, balki turli ichki a’zolarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin va uzoq reabilitatsiya davrini talab qiladi. Bunday asoratlar nogironlikni keltirib chiqarishi yoki o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

Yodda tuting!!! Qizamiq yuqumli kasalliging oldini olishda eng samarali bu o‘z vaqtida profilaktik qizamiqqa  qarshi emlashdir.

Beruniy tumani Sanitariya epidemiologiya  va jamoat salomatligi bo’limi vrach epidemiologi E. Xalmuradova