Mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati qanday? Beruniy tumani Ozod OFY misolida

02-02-2022 | 22:20

714

Beruniy tumani 3-sektor Ozod OFY hududida jami 6738 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Shundan 3681 nafarini 0-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil qiladi. Hududda aholi va yoshlarning turmush tarzini yaxshilash, ularning muammo va takliflarini o'rganib chiqish borasida 3-sektor rahbarlari hududda ish boshlagan hokim yordamchisi va Ozod OFY yoshlar yetakchisi A. Koziyev tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida aholidan elektr transformatorlarini ta'mirlash, ichki yo'llarni ta'mirlash va tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalarida murojaatlar bo'ldi. Bundan tashqari murojaat qilgan yoshlar orasida to'lov kontraktining 50% miqdorini to'lab berish bo'yicha ariza qabul qilinib, joyida ijobiy hal qilindi. O'z-o'zini band qilish uchun kam ta'minlangan oilalarga asbob-uskuna olish bo'yicha ham arizalar qabul qilindi va ijrosi nazoratga olindi. O'z tadbirkorligini boshlash istagidagi yoshlarga kredit olish tartibi tushuntirildi.                                                                                                                                                                     🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati