Ipak qurtining o'zgacha mo'jizasi bor ekan

30-04-2024 | 21:40

86

Baraka va rizq timsoli, tozalik, poklik belgisi bo'lgan ipak qurti yetishtirish beruniyliklarning azaldan daromad manbai bo'lib kelgan. Tut bargi bilan oziqlanib, o'zidan pilla tolasi hosil qiladigan ipak qurtini boqish texnologiyasi o'zgarmagan. Toza va mo'ta'dil xonaga joylashtirilgan ipak qurti mo''jizaning o'zi. Kirgan insonlar ham yaxshi niyatlar qilib, nazar solsa hosil mo'l bo'ladi der ekan. 2024 yil pilla mavsumida 2997 quti ipak qurti 4635 nafar fuqarolarga boqish uchun berilgan bo'lsa, 193 tonna pilla olish rejalashtirilgan. Bugun Beruniy tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva, Turon va Ibn Sino mahallasida pillakorlarning faoliyati bilan tanishib, hirmonga baraka tiladi. Pilla qurti boqishning o'z gashti bor deydi pilla boquvchi opalar. Qarib 50 yildan beri pilla boqib, daromad topib kyelayotgan Oyimjon aya 2023 yilda 700 kg pilla yetishtirib 8 mln so'm daromad olgan ekan. Bu yil hosil yanada mo'l bo'lishiga ishonchi baland. 30 yil o'qituvchilik kasbidan nafaqaga chiqib ham tinchimagan, charchash nimaligini bilmaydigan Lola aya ham shinamgina xonada ipak qurti boqishni keliniga o'rgatmoqda. Dastlabki kunlarida har 2.5 sotdan barg solinadigan bo'lsa, uyquga ketishida bu miqdorni kamaytiramiz deydi. Ipak qurti hosiyatli uning alohida parvarishi bor yetti xazinaning biri deya ta'rifladi. Uy atrofi tomorqa xo'jaligida mevadan tortib, barcha poliz ekinlari ekilgan. Mehnatning tagi roxat degan oltin qoida bu hududda yashab, oila farovonligini ta'minlayotgan ayollarning shioriga aylangan desak haqiqatni aytgan bo'lamiz.