07-03-2023 | 09:17
711
Bog'dorchilikni rivojlantirish asosida meva mahsulotlarining yil davomida bozorlarimizda arzon bo'lishini ta'minlash, bog' qator oralaridan samarali foydalanish va bu orqali yer unumdorligini hamda hosildorligini oshirish mumkin. Intensiv bog'larni yaratish orqali mevalarni eksportga yo'naltirish va meva qoqlarni jaxon bozoriga olib chiqishga keng yo'l ochiladi. Qishloq ho'jaligida bog'dorchilikni rivojlantirish va intensiv bog'larni yaratish bo'yicha Beruniy tumani "Shobboz" OFY Toshxirmon massivida joylashgan "Matkarimov Amirbek" bog'dorchilik fermer xo'jaligida, mavjud bog'zorlarga shakl berish va qator oralarida agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirish, yangidan intensiv bog'zorlarni barpo etish bo'yicha ko'rgazmali
seminar tashkil etildi. Seminarga tuman hokimi A.Saparbayev, Turkiya davlatining "Bene fruits" MCHJ rahbari Aydin Lal, tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari T.Tangirbergenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashidan biriktirilgan vakil A.Kazakbaev, tegishli soha xodimlari va bog'dorchilik fermer xo'jaliklari ishtirok etib, bog'dorchilikda Turkiya tajribasini qo'llash bo'yicha bilimlarga ega bo'ldi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
“Ochiq mashg‘ulot” lar tarbiyalanuvchilarda qanday ko’nikmalar hosil qiladi?
Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish muhim vazifa
#Ta'lim yangiliklari 📌Matematika fan oyligi doirasida