Alimentdan qarzdorlik bo'lsa?

02-02-2022 | 22:15

704

ALIMENT — bir shaxsning boshqa shaxsga majburan yoki ixtiyoriy ravishda to'laydigan nafaqasi. Aliment to'lash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik, ota-ona, farzandlik, farzandlikka olish, bolalarni tarbiyaga olish natijasida kelib chiqadi. Alimentni o'z vaqtida to'lamaslik esa bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Beruniy tumani prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi va IIB hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan rejaga asosan Beruniy tumanidagi Shabboz OFY, Turon, Ibn Sino va Bunyodkor mahallalarida alimentdan qarzdorligi bo'lgan fuqarolar bilan sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Majburiy ijro byurosining Beruniy tumani ish yurtilishida 2022 yil 1 yanvar holatiga aliment undirilishi bilan bog'liq 1034 ta hujjat mavjud. Eng achinarlisi 215 nafar qarzdor davlat ijrochilarining amaliy haraktlari natijasida hamda majburiy undirishlar oqibatida aliment to'lab kelayotgan bo'lsa, tumanda 10 nafar alimentdan qarzdorligi bor fuqarolar o'z hatti-harakatlari bilan aliment to'lashdan bosh tortib kelayotganlardir. Huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimlari tomonidan hozirda alimentdan ko'p miqdorda qarzdorligi bor fuqarolarga nisbatan ma'muriy qamoq jazolari qo'llanilishi bo'yicha ham tushuntirishlar berib o'tildi. Aholi bandligiga ko'maklashish markazi hodimlari alimentdan qarzdorligi bor fuqarolarga bo'sh ish o'rinlarini ham taklif etdi. 

 

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati