Zulfiyaxonim tavalludiga 107 yil to'ldi. Buyuk siymolarning o'chmas nomlari

28-02-2022 | 09:57

1668

Bahor kirib kelishiga bir kun qoldi. Har nafasi, go'zalligi va chiroyi bilan dillarni hushnud aylab kelishini intizorlik bilan kutamiz. Insonlarning yuz-ko'zlarida, bahoriy tabassum, o'zgacha go'zallik aks etadi. Yurtimizda ko'klam nafasi.

 

Bayramga hamohang diyorimiz bo'ylab o'zbek shoirasi, sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim tavalludiga 107 yil to'lishi munosabati bilan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida Beruniy tumani XTB ga qarashli 49-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi. O'quvchilar Zulfiya she'rlaridan namunalar aytib, sahna ko'rinishlarini namoyish etdi.