Kasaba uyushmasining o'quv seminari

18-04-2022 | 14:13

2065

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog'iston Kengashining Beruniy tumanida tumandagi tarmoq boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari uchun “Boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi faoliyatini ustav talablari asosida olib borish” mavzusidagi o'quv-seminari hamda kasaba uyushma a'zolari bilan sayyor qabuli tashkil etildi.

O'quv-seminarda tarmoq kasaba uyushmalaridan 60 nafar yangidan saylangan va ko'p yillardan beri o'quv-seminarda ishtirok etmagan boshlang'ich kasaba uyushma qo'mita raislari ishtirok etdi.

O'quv-seminar dasturiga asosan: tashkiliy ishlar bo'limi mudiri G.Ilmuradova “Kasaba uyushmalari xodimlarining potentsialini oshirish”, “Kasaba uyushmasi qo'mitasi faoliyatini rejalashtirish”, “Boshlang'ich tashkilotlarda o'z qarorlari, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning ijrosini monitoringini olib borish”, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo'limi mudiri P.Toremuratov “Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o'rni”, “Jamoa kelishuvlari va shartnomalarini qabul qilish, amalga oshirish, ijrosini ta'minlash”, Kengash jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha bosh mutaxassisi O.Urazbaev “Kasaba uyushmalarining huquqiy asoslari. Mehnat shartnomasini tuzish, o'zgartirish va bekor qilishning tartibi”, mehnat texnik inspektori B.Utepbergenov “Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi bo'yicha jamoatchilik nazoratini olib borish”, “Baxtsiz hodisalarning oldini olish”, madaniy-ma'rifiy va sport

ishlari bo'limi yetakchi mutaxassisi B.Munnazarov “Mehnat jamoalarida madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etish”, ijtimoiy sug'urta bo'limi mudiri A.Tursimuratov “Kasaba uyushmasi byudjeti, ijtimoiy sug'urta byudjeti mablag'larini maqsadli sarflanishini nazorat qilish hamda Mehnatkashlarning sanatoriylarda sog'lomlashtirilishini tashkil qilish” mavzularida nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

O'quv-seminar yakunida ishtirokchilardan o'quv-seminar yuzasidan anketa savollariga javoblar olindi, test sinovlari va yakuniy davra suhbati o'tkazildi. Shunindek, tumandagi turli xil tarmoqlardagi mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan mehnatkashlarning kasbiy manfaatlari bilan bog'liq bo'lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va bu borada ish natijadorligini oshirish maqsadida o'tkazilgan sayyor qabulda 84 nafar kasaba uyushma a'zolari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida mehnatkashlarning bugungi kundagi mavjud muammo va savollarga Kengash apparati mas'ul xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.