Yurtimizda har bir fuqaro yaxshi yashashga haqli. Xalq roziligi yo'lida

04-07-2023 | 16:20

566

Inson qadri va manfaati ulug'langan yurtda yashashning o'zi bir baxt. O'zaro yordam, mehr hamma vaqt bizning qonimizga singib ketgan desak haqiqatni aytgan bo'lamiz. Bugun yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro yaxshi yashashga farovon umrguzaronlik qilishga asosiysi turmushidan rozi bo'lib yashashga haqlidir. Davlat tomonidan berilayotgan har bir imtiyoz va yangilik og'ir turmush sharoitida yashab kelayotgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlashga sarflanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi 52-sonli qaroriga asosan hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi ko'rsatmasiga muvofiq,  Beruniy tumanida 1189 ta tom qismi shiferlanadigan xonadonlar aniqlanib, shundan 127 ta og'ir turmush sharoitda yashovchilar hamda 18 ta uyi yaroqsiz holatga kelgan ya'ni buzib quriladigan uylar ishchi guruh tomonidan o'rganilib, manzilli ro'yxat shakllantirildi.

Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Beruniy tumanida hozirgi kunda hududlarda 18 ta uylar buzilib, yangidan zamonaviy tipdagi uy-joylarning qurilish ishlari boshlab yuborilgan.Birlik mahalla fuqarolar yig'inida 3218 nafar aholi istiqomat qiladi. Joriy yilning o'zida mazkur qaror asosida 29 ta xonadonning tom qismi shifer qilinadi hamda 1 ta uy yangidan qurib beriladi. 

Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida O.Avezovaning uyi buzilib zamonaviy tipda qayta qurib berilmoqda. Bugun yangi qurilayotgan uy egalarining holidan xabar olish hamda bajarilayotgan ishlarni ko'rish maqsadida Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'ining o'rinbosari S.Yusupova qurilish joyida bo'ldi.