Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yanada kengaytirildi

13-05-2022 | 10:51

779

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qaroriga 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalari ro‘yxati”ga asosan Markazlar tomonidan 2021-yil 1-oktabrdan 12 ta ya’ni Moliya bo‘limi, Xalq ta’limi bo‘limi, Maktabgacha ta’lim bo‘limi, Madaniyat bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, Davlat o‘rmon xo‘jaligi, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya bo‘limi, Qurilish bo‘limi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga
“E-huquqshunos” elektron tizimi  orqali yuridik xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan edi.

Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berildi va huquqni bir xil qo‘llash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi bo‘g‘ini yaratildi.

Shu bilan birga, yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 173-sonli qarori qabul  qilindi.

Unga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarori talablariga muvofiq 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari jumladan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, turizm va madaniy meros bo‘limi, sportni rivojlantirish bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko’rsatish belgilangan.

Xususan, Beruniy tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan bu borada mutasaddi tashkilotlarda mehnat qonunchiligi va amaldagi qonun hujjatlari mazmun mohiyatini tushuntirish borasida targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur qaror kelgusida mazkur tashkilotarda “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratilishiga, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirish, qog‘ozbozlikka barham berish va huquqni bir xil qo‘llash amaliyoti shakllanishida muhum ahamyat kasb qiladi.

 

 

Beruniy tumani Yuridik xizmat ko’rsatish

 Markazi bosh yuriskonsulti:                                                                                 V.Turaniyazov