Yoshlar siyosati amalda.

07-04-2024 | 12:40

94

Davlat rahbarining yoshlarimizga alohida e'tibor va g'amxo'rligi tufayli sohada mutlaqo yangi tizim yaratilib, yoshlar siyosati mahalla darajasigacha tushirildi. Mamlakatimizdagi barcha darajadagi rahbarlarning yoshlar bilan ishlash tizimi tubdan o'zgardi.

Birgina, 2023 yil davomida mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning “mahalladan vazirlikkacha” tamoyili asosida “mahalla-tuman-viloyat-respublika” tizimi yaratildi. Ilk bor “Yoshlar balansi” asosida yoshlar “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratilib, har bir yosh bilan individual ishlash amaliyoti joriy etildi.

Joriy yilda Beruniy tumanida 40 ta mahallada “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlarning qiziqishi, iqtidori va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini individual tarzda o'rganish maqsadida “xonadonbay” xatlov ishlari tashkil etildi.

Mahallalarda “Yoshlar balansi”ni shakllantirish maqsadida xar bir xonadonga kirgan holda yoshlar muammolari va qiziqishlarini o'rganish orqali 50 ming 454 nafar (14-30) yoshlar (25 ming 283 nafar – erkak, 25 ming 171 nafar – ayol) xatlovdan o'tkazildi. Bundan tashqari, xatlov natijalarini elektronlashtirish natijasida “Yoshlar balansi” platformasida yoshlarning bandlik, ijtimoiy holati hamda qiziqish va iqtidorlaridan kelib chiqqan holda yoshlar 3 ta (“yashil”, “sariq”, “qizil”) toifalarga ajratildi.

Xususan, “yashil” toifadagi yoshlar soni 32 ming 216 nafar (63,9 foizi), “sariq” toifadagilar 18 ming 238 nafar (36,1 foizi), “qizil” toifadagilar 452 nafarni (1 foizi) tashkil etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O'zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi PF – 37-son Farmoni 1-bandiga muvofiq alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste'dodli va iqtidorli yoshlarni mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika komissiyasi qarori bilan “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalari rahbarlariga biriktirish belgilandi.

Mazkur belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilda 452 nafar “qizil” toifadagi yoshlar “Yoshlar balansi” asosida 28 nafar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar rahbarlariga biriktirildi. Biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ravishda ish olib borish bo'yicha Beruniy tumani hokimligida o'tkazilgan yig'ilishda biriktirilgan rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.