Qo'shma Farmoyish asosida voyaga yetmaganlarning ta'lim-tarbiyasiga e'tibor yanada kuchaydi.

05-04-2024 | 18:32

107

Beruniy tumanida ijtimoiy jihatdan xavfli bo'lgan oilalarda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-ma'naviy muhitini yaxshilash, ularga ko'maklashish, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olishiga  to'sqinlik qilayotgan omillarni hamkorlikda bartaraf etish bo'yicha ishlarni manzilli tashkil etish borasida qo'shimcha chora-tadbirlar belgilash to'g'risida Beruniy tumani hokimligi, prokuratura, IIB va tuman Qo'riqlash bo'limi boshliqlarining qo'shma farmoyishi tasdiqlandi. 

Mamlakatimizda kelajagimizning asosiy tayanchi bo'lgan voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli  va  har  tomonlama  kamol  topishi  xususida  g'amxo'rlik   qilish, eng asosiysi barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasidagi dolzarb  masala  hisoblanadi.

Bunda, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi va ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash  hamda  vaqtida  bartaraf  etish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.

Voyaga yetmaganlarni qarovsiz qoldirmaslik borasida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilar davomatini yuritish, nazorat qilish, dars mashg'ulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o'quvchilarni aniqlash va ularni ta'limga jalb qilish ishlarini samarali tashkil qilish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasbga yo'naltirish, jismoniy va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga har tomonlama ko'mak-lashish, vatanparvarlik va insonparvarlik, g'ayriijtimoiy hatti - harakatlar va qonun buzilishi holatlariga murosasiz bo'lish  hissini  shakllantirish  o'ta  dolzarb masala hisoblanadi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan 19.02.2024 yilda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida bu borada davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldiga ham bir  qator  muhim  vazifalar  belgilandi. Mazkur holat ushbu voyaga yetmaganlar bilan alohida mas'uliyat bilan aniq va manzilli tarzda individual ishlab, ularning ijtimoiy - ma'naviy muhitini yaxshilash va ularga har tomonlama ko'maklashish, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida dars mashg'ulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o'quvchilarni aniqlash va ularni ta'limga jalb qilish ishlarini samarali tashkil qilish  borasida  kompleks  chora - tadbirlar  byelgilashni  taqozo  etmoqda. Shu maqsadda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Milliy gvardiya Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'yicha boshqarmasi boshlig'ining qo'shma farmoyishi tasdiqlandi.

Bu bo'yicha har bir tumanda alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib ta'lim-tarbiya jarayonida voyaga yetmaganlar orasida turli ko'ngilsiz holatlarning oldi olinishi belgilab olindi. Ijtimoiy jihatdan xavfli bo'lgan oilalarda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-ma'naviy muhitini yaxshilash, ularga ko'maklashish hamda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olishiga to'sqinlik qilayotgan omillarni hamkorlikda “oila – mahalla - maktab” uzviy tizimi asosida bartaraf etish tumanning mas'ul korxonava  tashkilotlarining ustuvor  vazifa  ekanligi  ko'rsatib  o'tildi. Tegishli tashkilotlar rahbarlari ta'lim muassasalari bilan o'tkazilgan yig'ilishda aynan mazkur masalalar yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov to'liq ma'lumot berib o'tdi.