Yoshlar siyosati amalda

05-08-2023 | 21:40

498

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2023 yil 11 aprel kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida har bir vazir, vazir o'rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, davlat tashkilot va muassasa rahbarlariga e'tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilangan edi.

Beruniy tumanidagi mavjud 40 ta mahalla “Yoshlar balansi” asosida 14-30 yoshdagi 52 ming 741 nafar yoshlar bandlik holatidan kelib chiqib, yashil va sariq toifalarga ajratildi (24 ming 731 nafari yashil toifa 47 foiz, 28 ming 010 nafar sariq toifaga 53 foiz), Ijtimoiy holatidan kelib chiqib, qizil toifaga ajratildi (1 858 nafar qizil toifa).

O'rganish yakuni bo'yicha 1 ming 858 nafar yoshlar doimiy nazoratga olinib, sektor rahbarlari, vazirlik va idora-tashkilot rahbarlari, ularning o'rinbosarlariga biriktirilib, yoshlarning muammolarini o'rganish va yechim qilish maqsadida uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, 291 nafar Yoshlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlik va tashkilotlarga biriktirilgan bo'lib, 1587 nafar yoshlar Beruniy tuman sektor rahbarlari tashkilot va korxonalarga biriktirilgan. Sektorlar kesimida 1 sektor hududida 512 nafar yoshlar, 2 sektor hududida 486 nafar yoshlar, 3 sektor hududida 381 nafar yoshlar, 4 sektor hududida 479 nafar yoshlar biriktirilgan.

O'rganilgan yoshlarni muammolarni hal qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha jami 508 nafar yoshlarga, shundan,                       10 nafarining bandligini ta'minlashda, 6 nafariga ekin yer maydonlari, 5 nafariga tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit, 13 nafari kasb-hunar, 212 nafariga oziq-ovqat va pul shaklidagi moddiy yordamlar, 270 nafar yoshlar tibbiy ko'rikdan o'tkazilib dori-darmon berildi.

Yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha

Bundan tashqari mahallada hokim yordamchilari bilan birgalikda jami 2206 nafar yoshlarning bandligi ta'minlandi, shundan, 510 nafar yoshlar doimiy va jamoat ishlariga joylashtirildi, 1020 ta loyihaga  25 mlrd 194 mln so'm imtiyozli kreditlar ajratilib, 1055 ta yangi ish o'rni yaratildi, Yoshlarni o'zini-o'zi band qilish maxsadida asbob-uskina ajratish orqali 34 nafar, dehqon xo'jaliklari tashkil qilish uchun 276 nafar yoshlarga 175,5 ga yer maydoni 30 yil muddatga ajratildi, shuningdek, 308 nafar yoshlar kasb-hunarga o'qitilmoqda, 23 nafari hunarmandlarga biriktirildi.

 

Bugun Beruniy tumanida “Besh tashabbus” bo'yicha tashkil etilgan tadbirda tuman yoshlari faol ishtirok etishdi. Har bir sohada yuqori natijalarga erishgan yoshlar, endilikda shogirdalariga sport, san'at, musiqa, teatr va boshqa yo'nalishlarda ham bor bilim va malakasini o'rgatishni yo'lga qo'ygan. Bugungi tadbir davomida mahallalardagi qizil toifadagi yoshlar ham qamrab olingan. Tuman madaniyat saroyida yoshlarning qo'l hunari asosidagi to'quvchilik ishlari, robototexnika, shaxmat-shashka, kibersport, stol tennisi, karate, kurash, Strit Vorkaut, Zakovat inntellektual o'yini, mushoira, xalq teatri, rassomchilik kabi bir qancha yoshlarbop sohalarda turli ko'rinishlar tashkil etildi. 50 nafar yoshlar qadimiy Xiva shaxriga sayohatga yuborildi. Mazkur tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokurorining o'rinbosari B.Naurizbaev, Beruniy tumani prokurori M.Atadjanov, Beruniy tumani hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov, Yoshlar Ishlari Agentligi rahbari T.Xidirbaev musobaqalarda faol ishtirok etgan yoshlarni munosib taqdirladi. Bunday tadbirlar yoshlarning vaqtini mazmunli o'tkazish bilan bir qatorda kasb-hunar sirlarini egallash, hayotda o'rnini topishda o'z ahamiyatiga ega.