Yoshlar o'rtasida targ'ibot tadbirlari

05-02-2022 | 21:14

708

Yoshlar o'rtasida O'zbekiston Mudofaasiga ko'maklashuvchi Vatanparvar tashkilotining ish faoliyatni keng targ'ib qilish, shuningdek, Milliy gvardiya tizimiga ma'nan yetuk va jismonan sog'lom, yosh o'g'il qizlarni qiziqtirish maqsadida bir guruh rahbarlar Beruniy tumaniga tashrif buyurdi. 

Jumladan O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy apparati mas'ul xodimi mayor Ma'murov Muxammadamin, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'riqlash bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari polkovnik Bo'ronov Zafarjon, Milliy gvardiya Qoraqalpog'iston Respublikasi qo'riqlash boshqarmasi o'rinbosari podpolkovnik Bardaxov Temur, Milliy Gvardiya tuman Beruniy tuman bo'limi boshlig'i Madraximov Berdiboy, tuman XTB ga qarashli maktablarning CHQBT fani o'qituvchilari, Mahalla yoshlari,Tuman mudofaa bo'limi, Yoshlar ishlari agentligi qatnashdilar.

 

So'z  olganlar ishtirokchilarga “Vatanparvar” tashkiloti g'oyalari va maqsadlari – Tashkilot faoliyati, uning rivojlanish yo'llari, yurtimiz ijtimoiy hayotida tutgan o'rni hamda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek boshlang'ich tashkilotlar hamda sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha sektsiya va to'garaklari, ommaviy texnik kasblarga o'qitish kurslari faoliyati to'g'risida, yoshlarni, ayniqsa uning uyushmagan qismini kasbga tayyorlash, “Temir daftar” va ”Yoshlar daftar”iga kiritilgan oilalarning farzandlarini bepul asosda yoshlar jamg'armasi hisobidan o'qitilishi bo'yicha yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdilar.

Shuningdek, qatnashchilarga karting sporti modellari, sport velosipedlari, havobosimli miltiq va pistoletlar,  Raketa-aviamodellar namoyish qilindi.