“Yangi O'zbekistonning Ibratli oilasi” ko'rik tanlovining Beruniy tumani bosqichi o'tkazildi.

12-05-2022 | 01:05

695

#Mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni targ'ib qilish va qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab- quvvatlash bo'yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.     “Farovon oila sari” g'oyasi hayotga tatbiq etilib, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish hamda 15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Farovon oila sari” g'oyasi ostidagi “Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi” ko'rik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan ko'rik-tanlovning Beruniy tumani sektor bosqichlari o'tkazilib, 11-may kuni har bir sektordan g'olib oilalar ishtirokida tuman bosqichi bo'lib o'tdi.     

#Oila a'zolari nizomda belgilangan shartlar bo'yicha o'z chiqishlarini namoyish etdi. Erkin mavzuda esa, she'r, qo'shiq ijro qilib, o'z faolligini namoyish etdi. Hakamlar xay'atining xulosasiga ko'ra 

faxrli 1-o'rinni 1-sektordan “Nayman” MFY Ametovlar oilasi, 

2-o'rinni 3-sektordan   “Ozod” OFY Berdishevlar oilasi  

 2-sektordan 3-o'rin  “Navoiy” OFY  Xudaybergenovlar oilasi,    
 va yana bir 3-o'rinni 4-sektordan  “Obi-xayot” MFY Urazalievler oilasi egalladi.             

#Oilalarning taqdim qilgan hujjatlari va videoroliklari o'rganildi. Qo'shimcha ravishda tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari, mahalladagi faolliklari ham inobatga olindi.

 
#G'oliblarga diplom va sovg'alarni Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev va tuman prokurori M.Atajanov topshirdi. Umuman bu kabi ko'rik-tanlovlarning o'tkazilishi oilalarning ibrat namunasi bo'lishiga shu bilan birga, tarbiyalanayotgan yosh avlodning oila tarbiya o'chog'I, ma'naviyat maskani ekanligini uqtirishdagi ahamiyati yuqori ekanligi amaldagi o'z isbotini topdi. 

#Ko'rik-tanlov g'olibi Ametovlar oilasi Qoraqalpog'iston respublikasi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.                                                                     🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati