“Yangi Oʼzbekiston-yoshlar mamlakati!”

19-06-2023 | 17:00

612

Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman oʼquv sport texnika klubida “Yangi Oʼzbekiston-yoshlar mamlakati!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida ommaviy harbiy-vatanparvarlik va sport tadbirlari tarmoq-jadvaliga asosan, joriy yilning 16-iyun kuni yoshlar oʼrtasida “Vatanparvar” tashkiloti kubogi uchun “Mohir mergan” pnevmatik quroldan oʼq otish sport turi boʼyicha musobaqa oʼtkazildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar va hozirda yozgi taʼtilni oʼtkazayotgan umumtaʼlim maktablarining oʼquvchilari ishtirokida yosh sportchilar qatnashdi.
 
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʼra: 
#Oʼgʼil bolalar oʼrtasida
1-oʼrin Qo’chqorov Erkavoy,
 2-oʼrin Xudoybergenov Ixlos,
 3 –oʼrin Amatov Xamdam
 
#Qiz bolalar oʼrtasida:
1-oʼrinni Ro’zimboyeva Dinara 
2-oʼrin Turamuratova Dinara 
3-oʼrinni Palvanova Surayyolar egalladi.
Tashkilot tizimidagi yoshlar bilan sport seksiyalarda shugʼullanuvchilar oʼrtasida doʼstona bellashuvlar hamda trenerlar tomonidan “master klass”lar oʼtkazildi.Gʼoliblar “Vatanparvar” tashkilotining diplom, medal va sovgʼalari bilan taqdirlandi.                                                            Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati