“Yangi hayot uchun yangi O'zbekiston uchun” bugungi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar mahallada duv-duv gap bo'lsin

04-01-2024 | 15:19

131

3-10 yanvar kunlari Respublikamizning barcha tuman va shaxarlarida o'tkazilayotgan “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma'naviy-ma'rifiy tadbiri Beruniy tumanidagi yoshlar markazi binosida bo'lib o'tdi. Tadbirni tuman hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva ochib berdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi yig'ilishida “Shahar va qishloqlarimiz, butun mamlakatimiz qiyofasi tubdan o'zgarayotgani, qisqa muddatlarda maktab, maktabgacha ta'lim, oliy ta'lim, sport va turizm sohalarini rivojlantirish bo'yicha ulkan qadamlar qo'yilgani. Tibbiyot sohasida ham chuqur islohotlar olib borilgani hamda aholini zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash borasida ilgari tasavvur ham qilib bo'lmaydigan natijalar qo'lga kiritilganini ta'kidlab o'tdi.

Ushbu tadbirlardan maqsad – Yangi O'zbekistonni bunyod etish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko'tarish va daxldorligini oshirishdan iboratdir.

Birgina misol, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori asosida tumanimizga 27 milliard 565 million so'm mablag' ajratilib, natijada tumandagi 72.3 kilometr ichki yo'llar ta'mirlanadi, 430 xonadonda elektr energiyasi yaxshilanadi, 302 ta xonadonda tabiiy gaz ta'minoti yuqori bosimga o'tkaziladi. Qishloqlarning yangi qiyofa aks etayotgani esa, bugungi islohotlarning eng chekka hududlarga ham kirib borayotganini ko'rsatadi. Tadbir davomida so'zga chiqqanlar ruxiy ozuqa hisoblangan ma'naviyatni yuksaltirish, bu borada hamjixatlikda ish olib borish zarurligini ta'kidladi. Madaniyat xodimlarining kuy-qo'shiqlari ijrosida tadbir yanada ko'ngilli o'tdi.