Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda. G'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekin ekish ishlari boshlab yuborildi

03-07-2023 | 09:35

530

Mamlakatimizning asosiy yeri agrar sohaga mo'ljallangan bo'lib, qishloq ho'jaligida band aholi ko'pchilikni tashkil etadi. Iqlimga mos oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, eksport jarayoniga yo'naltirish ham eng asosiy masala hisoblanadi. Yerdan unumli foydalanish maqsadida hududlarda g'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekin ekish jarayonlari boshlab yuborildi.

Beruniy tumanida joriy yilda 2350 gektar maydonda takroriy ekin turlari ekish rejalashtirilgan. Asosan poliz mahsulotlari kartoshka, sabzi, pamidor va moyli ekin turlari ekilmoqda. Beruniy tumani Beruniy ovul fuqarolar yig'ini “Ayollar daftari” birinchi toifada turgan 157 nafar ishsiz xotin-qizlarning 25 nafariga takroriy ekin ekish uchun fermer хo'jaliklarining g'alladan bo'shagan maydonlaridan yer ajratib berildi. Endilikda ayollar bandligi ta'minlanib, bu orqali oilaviy daromadga hissa qo'shish shuningdek, mehnat qilib, daromad topish uchun sharoit yaratildi.