“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

16-01-2024 | 16:16

76

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari yuzasidan hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida  “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari doirasida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy-madaniy tadbirlar davom etmoqda.

 

Navbatdagi tadbirlar "Shobboz"ovul fuqarolar yig'ini, "Turon" va "Ibn Sino" mahalla fuqarolar yig'inilari aholisi uchun 38-sonli umumta'lim maktab binosida hamda "Guliston", "Amir Temur", "Xorazm"  mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun Beruniy tumani Pedogogika kolleji binosida o'tkazildi.

 

Tadbir davomida tumandan tashrif buyurgan ma'rifat targ'ibotchilar a'zolari Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi sa’y-harakatlar yurtimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tiborini, armiya va xalq yakdilligini, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini hamda Vatan himoyachisidek oliyjanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirish haqida so'z yuritdilar.

 

Tadbir davomida maktab o'quvchilari hamda madaniyat хodimlari tomonidan vatanparvarlik, shukronalik va ko'ngilochar mavzularda qo'shiqlar ijro qilindi hamda viktorina savollarga javob berishib sovg'alar olishdi.