Xalq roziligi va farovonligi yo'lida. Yangiobod mahallasining yangi qiyofa aks etayotgan ko'chalari

20-06-2023 | 15:12

577

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentyabr kungi “Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarini joriy etish va infratuzilmalar bilan ta'minlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 500-sonli Qaroriga asosan, 2023-yil jami 3 mlrd. 898 mln. so'mlik 33 km ichki yo'llarni shag'allashtirish belgilangan.

Shunga qo'shimcha ravishda 16 ta mahallada 68 kilometrdan ortiq tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi yotqizilishi belgilangan. Jami 101 kilometr ichki tuproq yo'llarga to'liq qum-shag'al aralashmasi to'kilib, holati yaxshilanadi. Hozirda bu yo'nalishda tumanda 80 foizdan ortiq ishlar Obodonlashtirish korxonasi tomonidan bajarildi.

Beruniy tumani Yangiobod mahallasida ham, qaror asosida ichki ko'chalarda 2.7 kilometr shag'allashtirish ishlari bajarilishi belgilangan. Qo'shimcha ravishda aholining murojaatlari va ko'cha biylarining takliflariga asosan, yana 2 kilometr ichki ko'chalarga qum-shag'al aralashmasi yoyildi. Bu ishlarning barchasi xalq roziligi va farovonligi yo'lida olib borilayotgan sa’y-harakatlardir.