«Xalq minbari» gazetasi 75 yoshda! Yil yakuni: «Yilning eng faollari-2021» tanlovi taqdirlash marosimi

26-01-2022 | 21:02

733

Bugun  Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi va Beruniy tuman hokimligi muassisligidagi   Xalq minbari gazetasining    75 yilligi  va  «Yilning eng faollari-2021» tanlovi taqdirlash marosimi munosabati bilan  tadbir o'tkazildi. “Xalq minbari” gazetasi 1946 yilning 1 avgustidan chop etilayotgan bo'lsa, yillar davomida turli nomlar bilan atalgan. Gazeta xalq oinasi. Gazetada mexnat qilishning ham o'ziga yarasha mashshaqqati va mas'uliyati bor. Bugungi axborot almashinuvi tezlik bilan tarqalayotgan zamonda gazeta va jurnallarga bo'lgan ehtiyoj o'quvchilar orasida yanada kuchli bo'lishiga erishish zarurdir. Ma'naviy sohani yuksaltirish, insonning ruxiy dunyosiga kirib borishda so'z qudratining o'rni yuqori.  O'zining so'ziga, yozish uslubiga va rang-barangligiga ega “Xalq minbari” gazetasi bugun 75 yilligini tantanali tarzda keng nishonladi. Tadbirni tuman hokimining maslahatchisi S.Yusupova ochib berdi. Gazeta tahririyati 2021 yilga nazar solar ekan, shu davr mobaynida gazeta bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan va eng faol bo'lgan deputatlarni, huquq tartibot organlari hodimlarini, maktab direktorlarini, korxona-tashkilot rahbarlarini va maktab o'quvchilarini ham mahsus tashakkurnoma bilan taqdirladi. Eng quvonarlisi gazeta qoshida “Shalola” adabiy to'garagi faoliyat olib borayotgan bo'lib maktab o'quvchilari va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning she'rlarining kitob holida chop etilishiga ko'maklashish borasida bir qancha yaxshi natijalarga erishgan. Tadbir davomida “Shalolachi” qizlar ham munosib taqdirlandi. Bugungi e'tirof chin ma'noda barchani xursand qildi. “Xalq minbari” gazetasi bosh muharriri Lola Xojaniyazova tumandagi ijtimoy-iqtisodiy va siyosiy-ma'naviy sohadagi yangiliklarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlaridagi faolligi uchun Beruniy tumani hokimligining tashakkurnomasi hamda noutbuk bilan taqdirlandi. Shuningdek, jurnalist va bloger Lobarxon Bazarbaeyva ham tuman hokiligi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati