Xalq deputatlari Beruniy tumani kengashining 42-sessiyasi to'g'risida ma'lumot

27-01-2022 | 22:01

701

Xalq deputatlari Beruniy tumani kengashining 42-sessiyasi to'g'risida ma'lumot.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman kengashi raisi A.X.Saparbayev ochib berdi va olib bordi. 
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan so'zga chiquvchilarning ma'ruzalari tinglandi. 

I. Tumandagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.
Q.Koshanov - Beruniy tumani hokimi o’rinbosari v.b. ma'lumoti tinglandi

II. Beruniy tumanida 2021-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.
Q.Koshanov -Beruniy tumani hokimi o’rinbosari v.b. ma'lumoti tinglandi

III. O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Beruniy tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi tomonidan 2021-davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti toʼgʼrisida.
O.Abdullayev – O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi mutaxassisi ma'lumot berib o'tdi

IV. Beruniy tumanining 2022-yilga mo‘ljallangan budjeti harajatlar yoyilmasiga o‘zgartirish kiritish haqida.
Q.Xalmenov – Beruniy tumani moliya bo’limi mudirining birinchi
o’rinbosari.

V. Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.A.Xidirbayevni boshqa ishga o'tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etish to'g'risida.
B.Seytimov – Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi kotibiyati mudiri.

VI. Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini tayinlash to'g'risida.
B.Seytimov – Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi kotibiyati mudiri.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar muhokamaga chiqdi. Muhokamalar yakunlangach sessiyasi kun tartibida ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi va deputatlar tomonidan bir ovozdan maqullandi. Sessiya tuman hokimligining feysbukdagi sahifasida to'g'ridan-to'g'ri efirda yoritilib borildi.