Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 79-sessiyasi to’g’risida batafsil ma’lumot.

20-01-2024 | 11:22

94

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 79-sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan sektor rahbarlari va mas’ullarning axborotlari tinglandi.

  1. Beruniy tumani sektor rahbarlari tomonidan 2023-yilning 12 oyi davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida.

I.Xidirov, M.Atajanov, M.Muratov, Q.Atadjanov-tuman sektor rahbarlari.

 

  1. Beruniy tumanida 2023-yilning 12 oyi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida.

M.Muratov-Beruniy tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.

 

  1. Beruniy tumanida 2023-yilning 12 oyi davomida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda ularning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmati boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.

A.Pshiyev-Beruniy tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig‘i o‘rinbosari

 

  1. Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limining axboroti to‘g‘risida.

  S.Raimbekova-Beruniy tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i.

 

  1. Beruniy tumanida 2024-yilda bazaviy soliq stavkalariga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo‘llash to‘g‘risida.

K.Atadjanov- Beruniy Soliq inspeksiyasi boshlig‘i

 

  1. Tumanda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish va hududlarni ixtisoslashtirgan holda fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish maqsadida tuman hokimligi zahira yer fondi hisobidagi yerlarni ochiq elektron tanlovga chiqarish loyihalarini ko‘rib chiqish yuzasidan berilgan takliflarni muhokama etish to‘g‘risida

A.Kazakbayev- Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari

  1. Beruniy tumanida “Аyollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, shuningdek ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘mak ko‘rsatish, kasb-hunarni o‘rgatish orqali ularni “Аyollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risida.

 S.Koziyeva- tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i

 

  1. Beruniy tumani mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va muassasalarining 2023 yil 4-chorak xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

 N.Yangibayev-Beruniy tuman iqtisodiyat va mоliya bo’limi boshlig‘i

 

  1. Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining 2023-yilning 12 oyi davomida amalga oshirgan ishlari haqidagi axboroti toʻgʻrisida.

F.Yeshimbetova-Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri.

 

  1. Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining hamda doimiy komissiyalarining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘gʻrisida.

M.Kadirov-Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi raisi o‘rinbosari.

 

  1. Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida.

M.Kadirov-Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi raisi o‘rinbosari.

 

  1. Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashiga 26-Fizuliy saylov okrugidan saylangan deputat Alipov Baxtiyor Abdullayevichning deputatlik vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.

M.Kadirov-Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi raisi o‘rinbosari.

 

  1. Deputat saylovini o‘tkazish kunini belgilash to‘g‘risida.

B.Matyakubov-Tuman saylov komissiyasi raisi.