#Umumta'lim maktablari ona tili va qardosh tillar o'qituvchilarining «O'quv seminari» bo'lib o’tdi

20-05-2022 | 23:27

730

1. Kembridj tajribasini targ'ib qilish  
2. O'quv dasturi va darsliklarning yangidan chop qilinishi 
3. Tumanda o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovlari, fan olimpiadalari va insholar tanlovlarida faxrli o'rinlarni olgan o'quvchilarning ustozlarini taqdirlash tadbirlari bo’lib o’tdi.


“Umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovida 30-umumta'lim maktabi 11-sinf o'quvchisi Raxmanova Sevinch Qoraqalpog'iston Respublikasida 2-o'rinni egallab, tanlovning Toshkent shahrida o'tkazilgan 4-bosqichida “Yoshlarga oid davlat siyosati yoritilgan eng yaxshi insho” nominatsiyasi g'olibi bo'lganligi, bugungi kunda u yozgan insho “Mening Prezidentim” deb nomlangan kitobda chop etilganligi ta'kidlanib, ushbu kitob va tanlov ishtirokchilari tushgan katta fotosurat, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Beruniy tuman bo'linmasi kengashi raisi Matyakubov Baxtiyor tomonidan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining sovg'asi sifatida 30-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Qadirova Dilnozaga tantanili ravishda topshirildi. 

#Bundan tashqari, tumanda o'tkazilgan insholar tanlovida, fan olimpiadalarida o'quvchilari g'olib bo'lgan maktablarning 25 nafar ona tili va adabiyoti, qoraqalpoq (davlat) tili fani o'qituvchilariga Beruniy XTB ning faxriy yorliqlari, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Beruniy tuman bo'linmasi kengashining qimmatbaho estalik sovg'alari topshirildi.                                                                🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati