Hududlarda sayyor qabullar Sektor rahbarlarining aholi va yoshlar bilan uchrashuvi

24-01-2022 | 21:30

726

Beruniy tumani 2-sektor tomonidan hududdagi 10 ta OFY (MFY) larda har haftada

аholi va yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari

muntazam ravishda o'rganilib, o'z yechimini topmoqda.

  

Bugun sektor rahbari, tuman prokurori R.T.Xalmuratov, Xalq qabulxonasi bo'limi

mudiri, tuman DSI boshlig'i, hokim yordamchisi va Yoshlar Agentligi vakili bilan birgalikda

“Bo'ston” MFY da aholi va yoshlar ishtirokida navbatdagi sayyor qabulni o'tkazdi.

 

Unda aholidan 3 ta, ya'ni uy joyini ta'mirlash hamda dori-darmon olishda amaliy yordam

ko'rsatish, bandlik masalasi va yoshlardan 5 ta murojaat, ya'ni, kasbga o'qitish, uy sharoitida

o'zini-o'zi band qilish maqsadida mehnat qurollari bilan ta'minlash, bandlik, yer ajratish kabi

murojaatlar kelib tushib, 1 ta aholining ijtimoiy muammosi joyida ijobiy hal qilindi,

qolgan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Bundan tashqari, sektor rahbari tomonidan uchrashuvda yer va kredit olish tartibi haqida ham tushuntirish berildi.

 

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati