#Tomorqadan unumli foydalanishda vodiy tajribasi o'rganilmoqda.

17-04-2022 | 14:06

677

#Tomorqadan unumli foydalanishda vodiy tajribasi o'rganilmoqda. 

#Ayni vaqtda Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev tomorqadan foydalanish tajribasini o'rganish va Beruniy tumaniga joriy qilish bo'yicha Farg'ona viloyatining bog'dorchilik fermer ho'jaliklari issiqxonalarda o'rganishlar olib bormoqda. 

#Bog' qator oralarida yetishtirilayotgan poliz mahsulotlari issiqxonada tashkil etilgan limonariya oralarida qulupnay va karam yetishtirilayotgani undan tashqari ko'chat va atirgul yetishtiriladigan alohida tomorqalar bilan tanishmoqda.         

#Qishloq ho'jaligi seminarida esa Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov bilan uchrashib tomorqa ho'jaligidan foydalanishda tajriba almashish bo'yicha kelishib olindi.  

#Seminar davomida Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev Quva tumani pilla korxonasi rahbari bilan ham Beruniy tumanida pillachilik sohasining rivojlanayotgani bo'yicha o'zaro fikr almashdi.                                                                                                        🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati