Tibbiyotdagi islohotlar. Ishchi guruh vakillari 14-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi.

23-01-2024 | 16:47

64

Respublika ishchi guruhining keyingi manzili Beruniy tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 14-sonli oilaviy poliklinika bo'ldi. Mazkur poliklinika  2023 yilda qayta ta'mirlanib, barcha zamonaviy qulay sharoitlarga ega bo'lgan edi. Oilaviy poliklinika Shabboz ovul fuqarolar yig'ini, Turon va Ibn Sino mahallasidagi 15.830 nafar fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatadi. Tibbiyot maskanida xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi, bolalarni emlash, keksalar salomatligi, imkoniyati cheklangan va surunkali kasalliklari mavjud fuqarolarning uylariga borgan holda tibbiy ko'riklarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Respublika ishchi guruh a'zolari tibbiyot sohasidagi yangilanishlarning har bir tumanda joriy etilishi va aholining bugungi tibbiyotda ko'rsatilayotgan xizmatlardan rozi ekanligining guvohi bo'ldi. Oilaviy shifokorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, ularning mavjud kamchiliklarini ham o'rgandi. Ishchi guruh a'zolari tomonidan ayollarning reproduktiv salomatligi bo'yicha davra suhbati o'tkazilib, hudud xotin-qizlari uchun tibbiy ko'rikning ahamiyati to'g'risida keng tushunchalar berildi.