TASHABBUSLI BYUDJET AMALDA

17-08-2023 | 10:50

496

Fuqarolarning tashabbusli byudjet jarayonida faol bo'lishi hududlarni yanada rivojlantirishga, infratuzilma sohasining ijobiy o'zgarishlariga sabab bo'lmoqda. Tashabbusli byudjet fuqarolarning tashabbuslarini o'zida jamlagan holda, hududlardagi muammolarni hal qilishga yo'naltirilayotgani bilan ahamiyatlidir. 2023 yil 1-bosqich tashabbusli byudjet jarayonida Beruniy tumanidagi jami 24 ta chorrahalarda 77 ta videokuzatuv kameralari o'rnatilishi bo'yicha 539 mln so'm yutib olingan bo'lsa, hozirda o'rnatish ishlari boshlab yuborilgan.  Bu orqali jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishga erishiladi. Videokuzatuv kameralari tuman IIB navbatchilik qismiga ya'ni situatsion markazga bevosita ulanadi.