Ta'lim maskanlari bugun talabga javob beradimi? O'rganishlar.

31-01-2024 | 14:27

123

Beruniy tumani hokimi I.Xidirov hamda 2-sektor rahbari, tuman prokurori M.Atadjanov maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 50 hamda 69-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarining faoliyatini o'rgandi. Mazkur maktablarda Prezident tashabbusi bilan 1 ta kasb-hunarga o'qitish hamda qo'shimcha 2 ta chet tillarini o'rgatish yo'lga qo'yilgan. 69-sonli maktabda tikuvchilik, ayollar sartaroshligi, milliy qandolatchilik, payvanldash uskunalari ustachiligi kabi bir qancha hunar turlari zamonaviy usulda tashkil etilgan hamda o'quvchilarning qiziqishiga qarab guruhlar ish olib boradi. Chet tillaridan fransuz tilini o'qitish yo'lga qo'yilgan. Tuman hokimining ota-onalar bilan uchrashuvida ham taklif va mulohazalar o'rganildi. Boshlang'ich sinflarda dars jarayonlarining o'tilishi, sinfxonalarning issiqligi, 1-4 sinflarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarining o'z vaqtida yetkazib berilishi bo'yicha ham tanishib chiqildi. Prezidentmiz ta'biri bilan aytganda “Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” demak, biz bugun ta'lim-tarbiyaga to'g'ri yondashmas ekanmiz amalga oshirayotgan islohotlarimiz o'z samarasini bermasligi mumkin deya aytib o'tdi tuman hokimi o'z so'zida. Bundan keyin ham maktablarda o'rganish ishlari davom etadi.

 

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati