Sportchining murojaati ijobiy hal qilinadigan bo'ldi.

01-02-2024 | 08:16

117

Beruniy tumani hokimi I.Xidirov hamda tuman prokurori M.Atadjanovning maktabgacha va maktab ta'lim tizimidagi mavjud kamchiliklarni o'rganish, yaratilgan shart-sharoitlar, issiqlik tizimi, dars jarayonlarining borishi, ota-onalar va maktab jamolari bilan suhbatlari davom etmoqda. 69-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan muay-tay sport to'garagiga hozirda 40 nafardan ortiq bolalar qatnashib, bu sport turi bilan shug'ullanib keladi. Murabbiy D.Akimbetov murojaatiga ko'ra, sport zalining tom qismidagi nosozlik sabab ichkariga sovuq kiradi. Sport murabbiysi zalning tom qismini va ichini ta'mirlashda amaliy yordam so'radi. Tuman hokimi bu masalaga ijobiy yondashgan holda, ta'mirlash ishlariga yordam berishini bildirib, buni nazoratiga oldi.