Siz ham kelajakda tadbirkor bo'lishni orzu qilayabsizmi? Buni maktab davridanoq boshlang. Tadbirkor va o'quvchi yoshlarning davra suhbati.

16-01-2024 | 17:39

125

O'quvchilarni maktab davridan kasb-hunarga o'rgatish va chet tillarini mukammal egallash bo'yicha hududlarda ta'lim dargohlari belgilab olingan bo'lib, Beruniy tumanidagi maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 4 ta ya'ni 50, 59, 69, 72-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2 ta chet tillarini o'qitish hamda 62 turdagi kasb-hunarga tayyorlash ishlari tashkil qilingan. Beruniy tumanidagi 69-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchilar ikkinchi chet tili sifatida fransuz tilini o'rganayotgan bo'lsa, kompyuter operatorligi, tikuvchilik, sartaroshlik, milliy qandolatchilik, oshpazlik yo'nalishlarida ham hunar sirlarini egallamoqda. Maktab to’liq  kasb-hunar xonalarini jixozlashga qo’yiladigan zamon talablari asosida ta'minlangan.

Bugungi kunda  o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish hamda maktabni tamomlagandan so’ng  ularning bandligini ta’minlash yuzasidan hokim, ota-ona va maktab direktori o’rtasida tuziladigan uch tamonlama shartnomalar ishlab chiqilgan.  O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining “2023-2024-yillar davomida “Maktab o‘quvchilarini tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularni taniqli tadbirkorlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish” to‘g‘risidagi 2023-yil 19-dekabrdagi 02-01/02/15/15-01/13648-sonli xati ijrosi yuzasidan     69-sonli maktabda   taniqli  tadbirkorlar bilan davra suhbati   tashkil qilindi.  Davra suhbatida Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bolalarni ijtimoiy psixologik qo’llab-quvvatlash va inklyuziv ta’lim sho’basi psixolog metodisti -A.Matchanova, tuman Yoshlar ishlar agentligi bo’limi  boshlig’i-T.Xidirbayev va beruniylik tadbirkorlardan -Q.To’rabayev va M.Aytbayevlar ishtirok etdi.Bu davra suhbatini o’tkazishdan maqsad - o'’quvchilarni tadbirkorlik bilimlarini yanada oshirish,  shu bilan bir qatorda kelajakda ma’lum bir kasb egasi bo’lib, bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantiirish hamda ularga motivatsiya berishdan iboratdir.