#Saylov jarayonlari Beruniy tumanida davom etdi.

17-05-2022 | 18:48

731

#Ayni kunlarda mamalakatimizda yana bir siyosiy jarayon, mahalla fuqarolar yig'inlari (raisi oqsoqoli) saylovi bo'lib o'tmoqda. Ushbu jarayonlarda fuqarolar faol ishtirok etib, o'zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz bermoqda.

 

#Beruniy tumani Do'stlik mahalla fuqarolar yig'inida o'tkazilgan saylovda ham fuqarolarning faolligini ko'rish mumkin. Ochiq-oshkoralik va shaffoflikka asoslangan saylovda, mahallada yashovchi aholining 12% ishtirok etib, munosib nomzodga ovoz berdi.

 

#Ovoz berish jarayoni to'liq videoformatga joylandi. Sanoq komissiyasi yakuniy natijalarni saylov jarayoni tugagach e'lon qildi. Unga ko'ra, Do'stlik mahalla fuqarolar yig'ini raisi lavozimiga Alisher Abduraxmanov saylandi.