#Saylov jarayonlari

18-05-2022 | 16:47

753

Mamlakatimiz siyosiy hayotida yuz berayotgan yana bir muhim jarayon ya'ni, mahalla fuqarolar yig'inlari (raisi oqsoqoli) saylovi bo'lib o'tmoqda. Saylov jarayonlarida mahalla fuqarolarining faolligini ko'rish mumkin.

 

#Bugun Beruniy tumanidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tdi. Dastlab saylov komissiya a'zolari fuqarolarga saylovning qonuniy, ochiq-oshkora va shaffof tarzda o'tishi borasida tushuntirib o'tdi.

 

#Ovoz berish jarayonlari davomida saylovda ishtirok etayotgan fuqarolar o'zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi. Sanoq komissiyasining yakuni natijasiga ko'ra, Yangiobod mahalla fuqarolar yig'ini raisi lavozimiga Qo'zibaev Murotjon Xalillaevich saylandi.