#Sayyor qabul Oltinsoy aholisidan kelib tushgan murojaatlar. Xalq roziligi yo'lida

24-01-2022 | 22:34

709

Bugun Beruniy tumani hokimi, 1-sektor rahbari Atabek Saparbayev olis hudud Oltinsoy aholisi bilan sayyor qabul o'tkazdi. 2022 yil mamlakatimizda “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili” deb e'lon qilindi. Shunga muvofiq amalga oshirayotgan har bir ishimiz xalq roziligi yo'lida bo'lishi hamda inson qadrini ulug'lashga qaratilishi kerakligini alohida ta'kidlab o'tdi.

 

Oltinsoy OFY tuman markazidan olis shu bilan birga og'ir hudud bo'lishiga qaramasdan, shaxardan kam bo'lmagan sharoitlarni yaratish bo'yicha hududga tayinlangan hokim yordamchisi Furqat Primovga bir qancha topshiriqlar berildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, parrandachilik va quyonchilik sohasini tashkil etish, suv ko'p talab qilmaydigan qishloq ho'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chorvachilikni rivojlantirish bo'yicha bir qancha takliflar berilib, bu bo'yicha aholining ham fikr mulohazalari tinglandi. Shuningdek, issiqxonalarni tashkil qilish borasida ham takliflar o'rganildi. Qabul davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar ko'rib chiqildi va ijrosi bo'yicha tegishli korxona va tashkilotlarga topshirildi.