Respublika ishchi guruhining Beruniy tumanidagi faoliyati. Xalq farovonligi va yuksalishi yo'lida.

23-01-2024 | 16:13

71

Joriy yilning 22 yanvaridan 27 yanvarigacha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga asosan Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog'istonda bo'lib, tumanlarda o'z faoliyatini boshladi. Ishchi guruh mahallalarda aholi muammolarini o'rganish va hal etish, bandligini ta'minlash, oilalarni mustahkamlash, ma'naviyat va ma'rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami bilan tanishib, amaliy yordam berishni maqsad qilgan. Bugun ishchi guruh vakillari Beruniy tumanidagi Markaziy, To'qimachi va Shabboz mahalla fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashdi. Dastlab Kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko'maklashish markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi bilan tanishdi. Mahallalardagi ishsiz aholi bo'sh ish o'rinlari bilan tanishib, to'liq ma'lumot oldilar. Prezidentimiz tashabbusi bilan joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar o'z mazmun-mohiyati bilan yangi O'zbekiston yaratish yo'lidagi say'-harakatlar hamda xalqimizning tinch va farovon yashashi yo'lidagi eng ezgu ishlar ekanligi ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha tushuntirib berildi. “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari ham davom etib, unda yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, millatlararo totuvlik sahnalari aks ettirilgan kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Ta'lim maskanlarida tahsil olayotgan sportchi yoshlar bilan uchrashib, ularni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi. Sport sohasiga berilayotgan imkoniyatlar natijasida jaxon arenalarida o'zbekistonlik sportchilarning g'alabalari yuksalayotgani bo'yicha ham ishchi guruh vakillari yosh sportchilarga o'z tavsiyalarini berdi.