Rasmiy munosabat

31-08-2023 | 12:36

490

Ijtimoiy tarmoqlarda Beruniy tumani O'.Jumaniyazov mahalla fuqarolar yig'inidagi Guliston ko'chasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar ichki yo'llarning ahvoli bo'yicha murojaat yo'llagan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentyabr kungi “Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarini joriy etish va infratuzilmalar bilan ta'minlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 500-sonli Qaroriga asosan, 2023-yil jami 3 mlrd. 898 mln. so'mlik 33 km ichki yo'llarni shag'allashtirish hamda ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo'shimcha ravishda 68 kilometr ichki yo'llarni shag'allashtirish  jami 101 kilometr ichki yo'llarda Obodonlashtirish korxonasi tomonidan qum-shag'al aralashmasi to'kish ishlari to'liq olib borildi. Mazkur qaror asosida O'.Jumaniyazov mahallasida jami 6 ta ichki ko'chada 11 kilometr qum-shag'al aralashmasi yotqizildi. Keyingi shag'allashtirish ishlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi 52-sonli qaroriga asosan yil yakuniga qadar ishlanishini ma'lum qilamiz.

Ma'lumot o'rnida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga asosan, Beruniy tumanida yo'l, elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz tarmoqlariga ulash bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz tomonidan, bu ishlarning sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish uchun 27 mlrd 565 mln so'm mablag'lar ajratildi. Beruniy tumani O'.Jumaniyazov MFY da elektr energiyasi bo'yicha 2 ta yuqori kuchlanuvchi transformator punkti o'rnatilib, 300 ta xonadonning elektr quvvati yaxshilandi.

Bundan tashqari Qoraqalpog'iston Respublikasining tuman va shaxarlaridagi aholini qiynab kelayotgan muommolarni hal qilish maqsadida, ijtimoiy soha hamda infrastruktura ob'ektlarida qurilish-ta'mirlash ishlarini olib borish uchun 330 mlrd so'm mablag' ajratilgan bo'lib qo'shimcha dastur asosida O'.Jumaniyazov mahallasidagi 3 ta ichki ko'chalarda 1.8 km uzunlikda asfalt qoplamasi yotqizilishi uchun asos qismlari ishlangan.