Qoraqalpog'iston Respublikasida 2023 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hom-ashyosini nes-nobud qilmasdan yig'ib-terib olish bo'yicha ko'rgazmali seminar Beruniy tumanida o'tkazildi.

09-09-2023 | 21:38

446

2023 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom-ashyosini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan yig'ib-terib olish ishlarini tizimli tashkil qilish maqsadida Beruniy tumanida 151 ta otryad tuzildi. Mazkur otryadlar tarkibida jami 16582 nafar terimchilar terimda ishtirok etishi rejalashtirilgan bo'lib, terimchilar ro'yxati to'liq nomma-nom shakllantirildi.

Yetishtirilgan paxta hosilini uyushqoqlik bilan hamjihatlikda yig'ib-terib olinishini tizimli tashkil qilish bo'yicha tumanda “Paxta shtabi” tuzildi hamda shtab a'zolarining ish samaradorligini yaxshilash maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratildi. Mazkur tuman Shtabi tarkibida 6 ta guruh tashkil qilingan bo'lib, har bir guruhning yo'nalishidan kelib chiqqan holda tegishli soha vakillaridan mas'ul xodimlar biriktirildi hamda ularga o'z vazifalari belgilab berildi.

Paxta yig'im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish maqsadida joriy yil 9-sentyabr kuni  "Biybazar" OFY hududidagi "Akrom" fermer xo'jaligida va "Navoiy"OFY hududidagi "To'li Baltabaevich" fermer xo'jaligida ekilgan paxta maydonlarida ko'rgazmali seminarlar tashkil qilindi.

Seminarga Beruniy tumani hokimi A.Saparbaev, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi, sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, OFY va MFY raislari, otryad rahbarlari va qishloq ho'jaligi soha mutaxassislari  qatnashdi.

Ma'lumot uchun: Beruniy tumanida 2023 yil hosili uchun 9000 gektar maydonga paxta ekilgan bo'lib, mazkur maydonlardan 29050 tonna paxta xom-ashyosi yetishtirilishi rejalashtirilgan. Paxta xom-ashyosini yetishtiruvchi sub'ektlar bilan "Beruniy klaster" MCHJ o'rtasida fyu'chers shartnomalari tuzilgan.

Shuningdek, seminar davomida har bir otryad rahbarlarining vazifalari, paxta dalalarini terib olish tartiblari, kundalikli amalga oshirilgan ishlar bo'yicha tuman Paxta shtabiga berib boriladigan ma'lumotlar va paxta yetishtiruvchi sub'ektlar tomonidan terimchilarga yaratib beriladigan shart-sharoitlar to'g'risida topshiriq va ko'rsatmalar berib o'tildi.