Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Beruniy tumanidagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

17-07-2023 | 11:06

633

Qoraqalpog'iston Reapublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Qurbanbaev Azimjon Saparbaevch tomonidan Davlatimiz rahbarining tegishli Farmon va qarorlariga asosan Beruniy tumanidagi “To'qimachi” va "Xorazm" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko'p qavatli turar-joylarning qurilish jarayonlari bilan tanishib chiqdi. Hamda  oqova suv nasos stansiyasi (KNS)ni foydalanishga topshirishda kechikish holatlariga yechim topish va bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

  - Turar-joy binolarini barpo etishda qurilish materiallari sifatidan tortib konstruksiyalarni loyihaga muvofiq bajarilishini ta'minlashga alohida ahamiyat berish, shuningdek, obyektlarni dastur asosida reglamentdan chiqmagan holda topshirish, shunungdek ko'p qavatli uylarning kommunikatsiya-muhandislik tarmoqlarini tortishda aniqlangan kamchiliklarni  uylarning tom qismiga quyosh panellarini o'rnatish, energosamaradorlikni oshirish choralarini ko'rish bo'yicha tegishli topshiriqlar berdi.