Qishloq xo'jaligida Prezident topshiriqlarining ijrosi, “Suv tekin emas”.

22-01-2024 | 18:33

105

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida dunyo yuzi bo'yicha kuzatilayotgan suv tanqisligi bugungi kunga kelib mamlakatimizni ham chetlab o'tmayot ganini ta'kidlab o'tgan edi. 21-asrning eng dolzarb va global muammolari qatoriga suv muammosi ham kiritildi. Ayniqsa, o'tgan asrning 60 yillaridan boshlab quriy boshlagan Orol dengizi bugungi kunga kelib haqiqiy fojeaga aylanib ulgurdi. Iqlim sharoitining o'zgarishi, qum bo'ronlarining ko'tarilishi, suv sathining pasayib ketishi bu dunyo aholisini ham xavotirga solib qo'ydi. Deyarli kundalik faoliyatimizni suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Ammo, shu kungacha suvning qanchalik qadrli ekanini bilganimiz yo'q. Suv tekin emas degan tushunchani o'zimizda hosil qila olmadik. Tabiatning bu boyligi vaqti kelib tugashi esa, katta muammolarga sabab bo'ladi. Endilikda suvdan oqilona foydalanishni xalqimizga chuqur singdirish, asosan suvni tejash, kelajak avlodga ham yetkazish kerakligini chuqur singdirishimiz va bunga amal qilishni o'rgatishimiz zarur. O'zbekistondagi suv resurslarining 20 foizi mamlakatda, katta qismi qo'shni davlatlarda shakllanadi. O'zbekistondagi jami suv resursining 90 foizi qishloq xo'jaligida sarflananishini hisobga olib, mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanishga o'tish va ilmga asoslangan holda harakat qilish lozimdir. Qishloq xo'jaligida suvdan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko'tarildi. Beruniy tumanidagi barcha fermer ho'jaliklarida ariqlarni betonlash ishlari boshlab yuborildi. Joriy yilda fermer хo'jaliklari hududidan o'tgan 100 kilometr ariqlarda betonlash ishlari olib boriladi. Shabboz ovul fuqarolar yig'inidagi “Urazimbetov Ne'matjon” hamda “Kuchkinov Qudrat” fermer xo'jaliklarida betonlash ishlari yakuniga yetmoqda. Endilikda ortiqcha suv isrof bo'lishga va tuproqqa suv singib ketishiga yo'l qo'yilmaydi.