Qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha tuzilgan tezkor SHTAB faoliyati.

14-12-2023 | 21:48

189

Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda bartaraf etish maqsadida har bir tumanda shtab faoliyat olib bormoqda. Asosan kommunal sohadan kelib tushadigan muammolarni bartaraf etishda tezkorlik talab etiladi. Qishning qirovli va sovuq kunlarida xalqimizga yaqindan yordam berish va og'irini yengil qilishga qaratilgan harakatlar davom etmoqda. Kuz-qish shtabi Beruniy tumani IIB binosida tashkil etilgan bo'lib, situatsion markaz bilan birgalikda ishlar yo'lga qo'yilgan. Shtabga o'rnatilgan telefonlarga kelib tushgan qo'ng'iroqlar sohalar bo'yicha хodimlarga tegishli tartibda yetkiziladi va zudlik bilan guruhlar jo'natiladi. Bir kunda 20-30 tadan ortiq murojaatlar kelib tushadi va bartaraf etiladi. Shtab faoliyatidagi ish jarayonlarni borib o'rgangan Beruniy tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi U.Matirzaev, soha vakillariga bir qancha topshiriqlar berdi. Shtabga Bunyodkor mahalla fuqarolar yig'inidagi ko'p qavatli aholi turar joyidan elektr energiyasi bilan bog'liq holat bo'yicha kelib tushgan murojaat, tezkorlik bilan hal qilindi. Ob-havoning sovuq kunlarida fuqarolarning xavfsizligini o'ylab amalga oshirilayotgan bu kabi harakatlar turli ko'ngilsiz holatlarning sodir bo'lishining oldini oladi. 

SHTAB telefon raqamlari:

☎️ 61 524-22-60

☎️ 61 524-26-10