PROFILAKTIK TARG'IBOTLAR

27-01-2022 | 22:28

721

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman o'quv sport texnika klubida payshanba kuni     “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni “ tadbirlar doirasida aholining huquqiy madaniyatini, ularning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan muloqatlar tashkil etish, og'ir va o'ta og'ir turdagi jinoyatlarning sabab va sharoitlari yuzasidan mahalla va aholi o'rtasida muhokamalarni tashkil etish maqsadida Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi raisi Kamalova Ra'no va yordamchisi Norbaeva Muhayyo tomonidan   tashviqot targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Yo'l transport hodisalari tumanimizda  ko'payib ketayotgani eng achinarlisi ular inson o'limi bilan tugayotganligi Yo'l transport hodisalarining ko'pchiligi tezlikni oshirish, yo'l harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash oqibatida kelib chiqayotganligi haqida aytib o'tdi. Shuningdek Kamalova Ra'no Hurmatli prezidentimiz boshchiligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ta'kidlaganidek :

- Har oy menga har ko'cha va har mahallada nega YTH bo'layotgani sabablari haqida hisobot berasizlar. Yo'llarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o'lim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun, harakatlarni boshqarishni to'liq raqamlashtirishi zarur.

Umuman, haydovchilik guvohnomasini o'qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi, - dedi prezident. - Shuning uchun, avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda. Biz o'qiganimizda 3 yil haydovchilikka o'qitgan. Hozir darsga bormay pul berib guvohnoma olyapti. Nimaga?

O'zbekistonda qonun yo'qmi? degan gaplarining mazmun mohiyatini tadbir qatnashchilariga tushintirib berdi.