#Peshkuliklar tajribasini o'rganib...

10-05-2022 | 16:03

732

#Aholining tomorqadan unumli foydalanishini tashkil etish, shuningdek, tomorqa daromad manbai ekanligini to'g'ri tushuntirish ayniqsa, issiqxonalar tashkil etishga e'tibor qaratish maqsadida Beruniy tumanidagi 40 ta mahalladagi hokim yordamchilari, Buxoro viloyati Peshku tumanining tajribasi bilan tanishmoqda. 

Peshku tumanidagi Ibn Sino mahallasida 760 ta xonadondan 660 tasida issiqxonalar mavjud. Ularda poliz va sabzavot mahsulotlarining barchasi yetishtiriladi. Issiqxonalar ko'mir bilan isitishga mo'ljallangan. 

Ayni vaqtda Beruniy tumani hokimining birinchi o'rinbosari U.Matirzaev va hokim yordamchilari har bir xonadondagi tomorqa ishlari bilan tanishmoqda.                                                                                                                        🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati