O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq beshinchi yalpi majlisida ko'rib chiqilgan qonunlarni targ'ib qilish bo'yicha Beruniy tumanida yig'ilish bo'lib o'tdi.

05-10-2023 | 10:39

348

2023 yil 29-30 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq beshinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 9 ta masala, shu jumladan 7 ta qonun muhokama qilingan, ushbu ko'rib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari senator Botir Matmuratov Beruniy tumanida bo'ldi. Yig'ilish davomida kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi.

Kun tartibida “Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun, “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan “Prokuratura to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun,  “O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonun, Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida, O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish “Er to'g'risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun bo'yicha tegishli soha raxbarlarining ma'ruzalari tinglandi. Qoraqalpog'iston Respublikasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, shuningdek, Mo'ynoqda davlat rahbarining topshirig'iga asosan olib borilayotgan yangicha yondashuv asosida chop etilgan “Yangi Mo'ynoq” asarining taqdimoti ham o'tkazildi. Kitob o'zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida yozilgan.