O'quv kurslari va seminar tashkil etildi

28-05-2022 | 09:16

800

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan joylarda kadrlar malakasini oshirishning sifatini yaxshilash, tinglovchilarga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentyabrda “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 544-son qaroriga asosan Yuristlar malakasini oshirish markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy filiali tashkil

etildi.

 

Filial o'qituvchilari tomonidan Beruniy tumani XTB ga qarashli maktab direktorlariga seminar tashkil etildi. Sohadagi Farmon va Qarorlarning ijrosi yuzasidan hamda ish hujjatlarining yuritilishi bo'yicha huquqiy bilimga ega bo'ldi. 

 

 

Zamonaviy sharoitlarda kadrlarning kasbiy bilim va saviyasiga qo'yilayotgan talablarni hisobga olib, joylarda ishdan ajralmagan holda o'qitishning innovatsion metodlari va pedagogik texnologiyalarini, shu jumladan axborot texnologiyalari imkoniyatlarini keng qo'llash orqali malaka oshirish kurslarini tashkil etildi va maktab direktorlari kerakli bilimlarga ega bo'ldi.