Obod mahalla. Bugungi islohotlar zaminida xalq farovonligi va shukronaligi mujassam.

18-01-2024 | 15:31

89

Qoraqalpog'istonning janubida joylashgan Beruniy tumani o'zining tabiati, iqlimi,  ko'p millatli xalqning birlashib ahil, inoqlikda yashashi bilan ajralib turadi. Tumanning asosiy drayver sohasi qurilish materallari hamda agrar sohaga asoslangan bo'lib, bu borada bir qancha ishlar amalga oshirilib kelingan. 204 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. 40 ta mahalla fuqarolar yig'inlarining har birida infratuzilmani yaxshilash, xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarga yordam berish borasida sezilarli ishlar bajarilgan.

Bu borada ayniqsa Prezident qarorlarining amalda bajarilishi,  xalqning yaxshi va farovon yashashi, bugunidan rozi bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Islohotlar avvalo xalq uchun degan tamoyil asosida amalga oshirilayotgan ishlarning yangi nafasi tumandagi eng chekka hududlarga ham kirib bordi. Davlat raxbarining Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi davomida barcha mahallalarga 500 million so'm miqdorda mablag' ajratish va mazkur mablag'lar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga sarflanishi belgilab berilgan edi.

Tumandagi 40 ta mahallaning har biriga kelib tushgan mablag'larning sarflanishi, muommalarni bartaraf etish uchun ishlatilishi bo'yicha komissiya a'zolaridan iborat guruh ish olib bordi. Tinchlik ovul fuqarolar yig'inida 10 mingdan ortiq fuqarolar istiqomat qiladi. Mahallaga ajratilgan mablag' hisobidan aholi zich joylashgan manzillarda elektr energiyasining sifatini yaxshilash maqsadida jami 7 ta transformator punktlari o'rnatilishi, havo tarmog'ini tortish uchun 45 dona temir-beton ustunlar o'rnatish, WORKAUT va bolalar maydonchasini zamonaviy shaklda qurish hamda mahalla binosiga quyosh panellari o'rnatish ishlari belgilangan. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlardan xalq roziligini ko'rish mumkin.